Chereads / "La'nat" / Chapter 1 - "Laʼnat" 1-bob 1-qism }} Fabrika {{

"La'nat"

DaoistJc0dUp
  • 7
    chs / week
  • --
    NOT RATINGS
  • 207
    Views
Synopsis

Chapter 1 - "Laʼnat" 1-bob 1-qism }} Fabrika {{

Bu voqea Yaponiyadagi Hoga, Hioki, Ewo va Mizora ismli yosh talabalar haqida boʻladi. Ular yangi uyga koʻchib ketayotgan edi ular mashinada hali juda uzoq yurishlari kerak ular yoʻlda ketayotganda qandaydir juda gʻalati bir joydan oʻtishardi u yerdagi oʻtlar sariq yon-atrofda na daraxt va na uy bor hatto osmonda ham birorta bulut yoʻq. Oradan birmuncha vaqt oʻtgach uzoqdan qandaydir fabrika moʻrilari koʻrindi Hioki mashinani haydayotib biroz oldinga tikilib qoldi Mizora esa orqa oʻrindiqda mashina derazasiga boshini tirab atrofni tomosha qilib ketayotgandi Ewo va Hoga esa tomga tikilgancha nimalarnidir oʻylar lekin Ewoni koʻngli juda gʻash. Ular fabrikaga yaqinlashishdi bu fabrika haddan tashqari ulkan edi uni oxiri ham koʻrinmasdi Mizora fabrikaga qarab keyin Ewoni sekin yelkasiga turtdida gap boshladi:- Mizora ( Hayratlanib) — Qara Ewo! Shunday ulkan fabrikani oldin ham koʻrganmisan ? Ewo ( Biroz ikkilanib va fabrikaga tikilgan holda) —Yoʻq, chindan ham juda ulkan ekan, menimcha tashlandiqqa oʻxshaydi Mizora (Qoʻlini jagʻiga yoʻyib biroz oʻylangan ohangda)—Bunday ulkan fabrika tashlandiq boʻlishiga sabab nima ekan-a Ewo (Boshini tepaga qaratib koʻzini yumgan holda)—Bilmasam, balki biror falokat tufayli-dir Mizora (U ham ikkilangan ohangda)—Ehtimol...-Keyin toʻsaddan mashina sekinlashdi va oʻchib qoldi keyin Hioki ozgina qoʻrquv bilan "ana xolos" dedida hamma mashinadan tushdi. Hioki tushib mashinani old kapotini ochdi keyin esa Hoga ham uni oldiga kelib oʻylanib qoldi, oʻgʻil bolalar Hioki va Hoga mashinani tuzatishga harakat qilardi qizlar Ewo va Mizora esa atrofni tomosha qilishardi. Keyin Mizora atrofni tomosha qilayotganda osmonda juda koʻp qargʻalarga koʻzi tushdi ular nimadandir ogohlantirayotgandek edi ammo Mizora ularga eʼtibor qilmay yana fabrikaga qarab Ewoga yana gap boshladi: - Mizora (Havotirlanib)—Ewo! Bu fabrikani oldida turish juda qoʻrqinchli ekan tezroq ketsak boʻlardi Ewo (Biroz hayratlanib va jilmayib)—Toʻgʻri aytasan, mashinani ichida boʻlganimiz uchun uncha qoʻrqmagan edik ammo uni qarshisida turish ancha vahimali Mizora (Ikkilanib)—Bolalar mashinani tuzatib boʻlishganmikan ? Ewo (Havotir bilan) —Menimcha yoʻq, ishqilib Hogani qiziquvchanligi tutib, fabrikaga kirishni istab qolmasa boʻlgani Mizora (Hayratlanib)—Hoga shu fabrikaga kiradi deb oʻylaysanmi men hatto unga qarashga ham qoʻrqyapman-ku. Ewo (Ozgina jiddiy ohangda)—Endi sen qiz bolasan va qoʻrqishing tabiiy, lekin Hoga...- Dedi-yu kutilmaganda Hoga fabrikaga qarab jiddiy ohangda "fabrikaga kiramiz" deb qoldi.Keyin Ewo Hogoga jahl bilan gapirdi.- Ewo (Jahl va hayrat bilan) —Nima!? Chindan ham shu yerga kirmoqchimisan, esingni yigʻib ol. Hoga (Jiddiy ohangda)—Oʻzing aqlingni yigʻ shu yerda qolib ketgan yaxshimi yoki tavakkal qilganmi? Ewo (Gumonlanib)—Nima haqida gapiryapsan? Hoga (Oʻzini gapida jiddiy turib va Ewoga tushuntirib) —Qara, hov anavi yerda ustaxona bor ehtimol u yerda mashinani tuzatishimiz mumkin, shunday ekan ketdik!-Keyin Mizora Hogaga biroz uyalgan qiyofada, qoʻllarini ortiga olib aytib qoldi:- Mizora ( Yerga qarab va uyalganday koʻrinishda)—Hoga balki kerak emasdir axir bu yer xavfli boʻlishi mumkin, va bu yerni rishotkasiga tegsang tok uradi Hoga (Gumonsirab)—Buni qayerdan bilding Mizora (Oʻzini aqllidek tutib)—Rishotksga shunday belgi qoʻyilgan "Tok urish xavfi bor" Hoga (Uni gapiga ishonmay) —Yoʻgʻe!Dedida Hoga rishotkaga oyogʻini tekkizganda oʻsha qismi agʻdarilib tushdi va Hoga ishonch bilan aytdi: Hoga (Eʼtiborsizlik bilan)—Bu rishotkaga kamida ellik yil boʻlgan shuning uchun hech qanday tok urish xavfi yoʻq.-Dedida fabrika tomon yura ketdi va boshqalar ham beixtiyor uni ortidan ergashdi. Ular jimgina Ustaxona tomon ketishayotgan edi kutilmaganda bir toʻda qargʻalar ularga tashlanib qoldi hamma biroz vahimaga tushib qoldi keyin Hoga zoʻrgʻa choʻntagidan olov (zajgalka) va atir chiqarib avvaliga olovni yoqdi va unga atir sepganda atrofga olov tarqaldi keyin hamma biroz qoʻrqib ketdi keyin esa bir amallab qargʻalarni haydadi ammo negadir Ewoni koʻngli gʻash keyin toqati toq boʻldi va toʻxtadi.- Ewo (Juda havotir bilan)—Hoga menimcha bu fabrika chindan xavfli ammo sen buni koʻra olmayapsan, meni ham negadir koʻnglim gʻash balki kerak emas-dir Hoga (Gumonsirab) —Nega endi!? Bu fabrikaga kirmasdan turib uni xavfli ekanini qayerdan bilding? Ewo (Oʻzini aqllidek tutib)—Eʼtiboting uchun Hoga! Hayvonlar xavfni oldindan seza oladi va hozirgina qargʻalar bizni ogohlantirdi Hoga (Ewoni gapiga ishonmay eʼtiborsizlik bilan)—Men bunaqa safsata gaplarga ishonmayman.-Deganidan keyin kutilmaganda ularni tagidan qandaydir qopqoq ochildi-yu hammasi pastga qulab tushishdi. Oradan birmuncha vaqt oʻtgach Hioki hushiga kelib atrofni kuzatdi bu yer xuddi oddiy xonaga oʻxshardi lekin devorlarda qandaydir reklamalar bilan toʻla polni yarmi yogʻoch yarmi temir devor ham xuddi shunday teparoqdan dumaloq deraza koʻrinardi va undan quyosh nuri ham tushardi xullas bu yer qandaydir gʻalati va noodatiy. Yarim soatlardan keyin Hoga ham hushiga kelib koʻzini qattiq yumib boshini silab Hiokiga biroz uyqusiragan ohangda aytdi. Hoga (Boshini ushlab koʻzini ochmagan va uyqusiragan holda)—Hi...Hioki! Qayerdamiz ? Hioki (Ozgina qoʻrquv bilan)—Bilmasam, lekin bu yer meni qoʻrqityapti Hoga (Jiddiy ohangda)—Erkak boʻl, nima shunchalik dahshatli ekan.-Hoga koʻzini ochib atrofga qaradi va Biroz oʻylanib turdi, soʻngra toʻgʻridagi derazaga koʻzi tushdi va gʻalati ohangda aytdi: Hoga ( Gumonsirab va qoʻrquv bilan)— Hioki boya biz yer ostiga qulab tushdik shundaymi ? Hioki (Ishonch bilan)— Ha, albatta men uni aniq eslayman Hoga (Qattiq ohangda)— Agar bu yer osti boʻlsa unda qanday qilib qarshimizdagi derazadan quyosh nuri tushyapti. Hioki (Hayratlanib)— Chindan ham! Lekin qanday qilib bunday boʻlyapti. Hoga (Oʻylanib)— Bu holatni ilm fan tushuntirib bera olmaydi demak...Hioki sabrsizlik bilan gapirdi — Nima, Demak ?Hoga biroz yovuzona kulgu bilan aytdi — Demak, bu yerda Laʼnat yoki afsun bor Hioki (Biror chora izlaganday)— Lekin bu qandaydir mexanizm asosida yaratilgan boʻlishi mumkin-ku Hoga (Oʻzini gapida qattiq turib)— Yoʻq bu yerda rostdan ham afsun bor chunki biz toʻgʻri pastga quladik. Hioki (Hohlamasa ham Hogani gapini tasdiqlab)— Ha toʻgʻri aytasan -Keyin qizlar ham hushiga keldi va Ewo birinchi gap boshladi - Ewo (Havotir bilan) — Qani endi menga tushuntirib beringlar-chi, nima bolyapti?-Hoga sekin xoʻrsindida - Hoga (Asta sekinlik bilan)— Biz afsunlangan joyga kelib qoldik -Dedi keyin Mizora haligi derazani oldiga keldi va qolganlarga aytdi- Mizora (Qoʻrqqanidan biroz qaltirab)— Qaranglar, biz tushib ketgan teshik va mashinamiz anavi yerda turibdi.-Deganda hamma shoshilib deraza oldiga chiqishdi va qisilishib derazadan qaray boshlashdi va ne koʻz bilan koʻrsinki ular qulagan teshik hamda ularni mashinasi derazadan yaqqol koʻrinib turubdi. Bu voqeadan soʻng hamma nima boʻlganini tushunmay gangirab qoldi va qayerdandir "Salom" degan juda baland va qoʻrqinchli ovoz aks sadodek jarangladi va...-.. } Davomi bor { ..